Sport ta’limida hamkorlik: MOQ rahbariyati Malaka oshirish institutidа
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish institutiga tashrif buyurdi. MOQ mutasaddilarini institut direktori, professor Ilhomjon Tursunaliyev kutib oldi va mehmonlarga ta’lim muassasasining faoliyati, mavjud sharoitlari va ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv doirasida MOQ rahbariyati o‘quv jarayonini bevosita kuzatdi, dars mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan tinglovchilar bilan muloqot qildi. Malaka oshirayotgan sport mutaxassislari, trenerlar va professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlarda sport sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif, MOQ hamda Institut o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga, sport sohasidagi ilmiy-amaliy tajriba almashuvini kuchaytirishga xizmat qiladi.



















