22 Aprel 2025
1908
“Continental Americas Gold” kamari sohibi Ruslan Abdullayev Toshkentga qaytib keldi
Boks boʻyicha jahon chempioni Ruslan Abdullayev 19-aprel kuni AQShning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan professional boks kechasida filippinlik Jino Rodrigoni magʻlub etib, WBA super yengil vazn toifasida “Continental Americas Gold” kamarini qoʻlga kiritgan edi. Bugun hamyurtimiz Oʻzbekistonga qaytib keldi.
Abdullayevni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat boks federatsiyasi Bosh kotibi Shohid Tillaboyev va uning yaqinlari munosib kutib oldi.
Rasmiylar sportchimizning professional boksdagi ikkinchi muvaffaqiyati bilan qutlab, uning keyingi faoliyatida ham yorqin gʻalabalar tilashdi.









