Kun dayjesti
Futbolchilarimiz ikki karra Osiyo chempionligiga erishishdi
Saudiya Arabistonida futbol boʻyicha U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Finalda Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi mezbonlarni 2:0 hisobida magʻlub etib, oʻz tarixida ikkinchi bor mazkur yosh toifasida qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi. Yigitlarimiz bugun soat 19:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishadi.
Sambo boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionatida sportchilarimiz birinchi boʻlishdi
Toshkent mezbonlik qilgan sambo boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionati nihoyasiga yetdi. Kattalar, oʻsmirlar, yoshlar va faxriylar oʻrtasida kechgan bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.
Dushanbe xalqaro yarim marafonida hamyurtlarimiz gʻalaba qozonishdi
Tojikiston poytaxtida anʼanaviy xalqaro yarim marafon oʻtkazildi. Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda hamyurtimiz Shohruh Davlatov oltin, Hasan Mirsoatov bronza, ayollar toifasida esa Yekaterina Tunguskova oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Ogʻir atletikada jahon rekordi
Shu kunlarda Moldovada ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionati boʻlib oʻtmoqda. Erkaklar oʻrtasidagi -96 kg vazn toifasida bolgariyalik Karlos Nasar ikki kurash boʻyicha 417 kg natija qayd etib, jahon rekordini oʻrnatishga erishdi.



