19 Aprel 2025 1171

“Sport a’lochisi” nishoni – maktab rahbarining fidokor mehnatiga munosib e’tirof

Poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan 300-maktab ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishda faolligi bilan alohida ajralib turmoqda. Bugun Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida o‘tkazilgan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” sport sinovlariga ramziy start berish tadbiri chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov ushbu maktab direktori Saidxo‘jayeva Nigora Ergashevnaning “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishini e’lon qildi.

Tadbir yakuniga yetgach, rasmiylar 300-maktabga tashrif buyurib, ko‘krak nishonini tantanali tarzda Nigora Ergashevnaga topshirishdi.

O‘z navbatida, maktab rahbari bunday yuksak e’tibor va e’tirof uchun minnatdorlik bildirar ekan, kelgusida ham sog‘lom turmush tarzini yoshlar orasida keng targ‘ib qilishga, sport tadbirlarining miqyosini yanada oshirishga harakat qilishini ta’kidladi.

Text to speech