19 Aprel 2025
1694
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat”: sport sinovlariga ramziy start berildi
Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umumxalq harakati doirasida o‘quvchilar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari hamda o‘qituvchilar ishtirokida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostidagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi sport musobaqasiga ramziy start berildi.
Tantanali ochilish marosimida sport va ta’lim tizimi vakillari, mutasaddilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan rasmiylar mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh avlodning jismoniy rivojlanishini ta’minlash borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar haqida to‘xtalishdi.














