19 Aprel 2025
761
Yengil atletikachilarimiz tarixda ilk bor Osiyo chempionatida ikkinchi boʻlishdi
Saudiya Arabistonining Dammam shahrida yengil atletika boʻyicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu bilan yoshlarimiz ilk bor qit’a chempionatida ikkinchi natijani qayd etishdi.
Musobaqaning soʻnggi kunida quyidagi medallar qoʻlga kiritildi:
Oltin medal:
Jahongir Joʻraboyev (oʻnkurash)
Kumush medal:
Timur Nasimov (3 000 metr)
Bronza medal:
Ruslan Sadullayev (nayza uloqtirish)
Asilbek Toʻxtamurodov (3 000 metr)