Sport infratuzilmasidagi oʻzgarishlar: Vazirlik va MOQ rahbariyati Jismoniy tarbiya va sport universitetida
Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurib, uning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishdi.
Soʻnggi davrda universitetning o‘q otish markazi, eshkak eshish bazasi va kurash bo‘limida katta rekonstruksiya ishlari olib borildi. Bosh stadionning maydoni yangilandi. Rasmiylar tashrif davomida bu yoʻnalishlarda olib borilgan ishlarni koʻzdan kechirishdi.
Shu bilan birga, mazkur bo‘limlarda shug‘ullanayotgan yosh sportchilar bilan suhbatlashilib, ularga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Bundan tashqari, universitet yotoqxonasi ham ko‘zdan kechirilgan bo‘lib, talabalarning yashash sharoitlari va maishiy infratuzilma holati hamda universitetni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


























