17 Aprel 2025 2227

Oʻq otish sporti bazasi rekonstruksiyadan keyin foydalanishga topshirildi


Tadbirda Mudofaa vazirligi, Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi. Rekonstruksiyadan soʻng sport obyekti xalqaro talablarga toʻliq javob beradigan holatga keltirildi.

Xususan, yoritish tizimi 500 lyuksdan yuqori darajadagi yorugʻlikni taʼminlaydi. Bu esa professional sportchilar uchun yuqori sifatli mashgʻulot va musobaqalar oʻtkazish imkonini yaratadi.

Yangi inventar va jihozlar Xalqaro oʻq otish sporti federatsiyasi talablariga mos ravishda yangilandi. Bu esa sportchilarimiz uchun xalqaro arenalarda munosib qatnashish va Los-Anjeles-2028 Olimpiya oʻyinlariga litsenziya olish yoʻlida muhim qadam boʻladi.

Marosim davomida rasmiylar mazkur baza yurtimiz merganlari salohiyatini oshirish, ularni jahon chempionatlari va Olimpiya oʻyinlariga tayyorlashda muhim oʻrin tutadi, deya taʼkidlashdi.

Text to speech