Sambo boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi
Bugun Toshkent mezbonlik qilayotgan sambo boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli musobaqa yurtimizda yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Tadbirda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi raisi A’lam Mullayev oʻz nutqlarida yurtimizda samboga boʻlgan qiziqishning kattaligi va buning natijasida yuqori suratlarda rivojlanib borayotgani, ushbu sport kelgusida Osiyo va Olimpiya oʻyinlari singari yirik kompleks musobaqalar dasturidan doimiy joy olish ehtimoli haqida toʻxtalib oʻtishdi.
Marosimdan soʻng musobaqaning final blokiga start berildi va bellashuvlar qizgʻin tarzda davom etmoqda.









