30 Mart 2025
1236
Bugun sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati yakunlanadi
Iordaniyada mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati nihoyasiga yetib bormoqda. Bugun musobaqa oʻz yakuniga yetadi. Afsuski, erkin kurashchilarimiz ortda qolgan kun shohsupaga koʻtarila olishmadi.
Kun davomida gilamga chiqadigan 5 nafar hamyurtimiz va ularning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-61 kg: Behruzbek Turonmurotov – Tuvshintulga Tumanbileg (Moʻgʻuliston)
-74 kg: Fazliddin Nasriddinov – Gilang Inhaza (Indoneziya)
-86 kg: Bobur Islomov – Davlatgeldi Miratov (Turkmaniston)
-92 kg: Sherzod Poyonov – Abdulkarim Abudaij (Iordaniya)
-125 kg: Sardor Xolmatov – Ziyamuhammet Saparov (Turkmaniston)





