27 Mart 2025 1136

Bokschilarimizning Braziliyadagi Jahon kubogida qatnashadigan tarkibi maʼlum

30-mart – 7-aprel kunlari Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi.

Toʻlqin Qilichev boshchiligidagi murabbiylar shtabining ushbu turnir uchun tanlagan tarkibi bilan tanishing:

 -50 kg: Asilbek Jalilov
 -55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
 -60 kg: Madiyar Daniyarov
 -65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
 -70 kg: Iqboljon Xoldorov
 -75 kg: Fazliddin Erkinboyev
 -80 kg: Javohir Ummataliyev
 -85 kg: Akmaljon Isroilov
 -90 kg: To‘rabek Habibullayev
 +90 kg: Jahongir Zokirov

Text to speech