16 Mart 2025 397

Daniil Yeybog jahon chempionatida kuchli oʻnlikdan joy oldi

Xitoyning Pekin shahrida short-trek boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Daniil Yeybog yuqori natija koʻrsatdi.

Yeybog 500 metr masofaga kechgan bahsda B finali ishtirokchilari orasidan oʻrin oldi. Yakunda u sakkizinchi natijani koʻrsatib, ushbu masofadagi dunyoning eng kuchli 10 sportchisi qatorida qayd etildi.

Text to speech