4 Mart 2025
1301
Xokkeychilarimiz Yevropaning yana bir jamoasidan ustun kelishdi
Xokkey boʻyicha Oʻzbekiston U18 terma jamoasining jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Yigitlarimiz toʻrtinchi turda Bosniya va Gersegovina ustidan 11:3 hisobida gʻalabaga erishishdi. Endi yoshlarimiz 6-mart kuni III divizionining “A” guruhida ishtirok etish uchun hal qiluvchi oʻyinda Tailandga qarshi maydonga tushishadi.



