28 Fevral 2025
1238
Bugun oʻzbek xokkeyida tarixiy kun
Bugun xokkey boʻyicha Oʻzbekiston U18 terma jamoasi oʻz tarixida birinchi bor jahon chempionatidagi oʻyinini oʻtkazadi. Tailandda tashkil etilayotgan III divizionning “B” guruhidagi bahslarda yoshlarimizning ilk raqibi JAR jamoasi boʻladi.
Taʼkidlash joiz, xokkeychilarimiz musobaqada 1-oʻrinni olishsa, kelasi yil III divizionning “A” guruhida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi. Jamoamizning musobaqadagi oʻyinlari quyidagicha:
28-fevral: Oʻzbekiston – JAR (14:30)
1-mart: Lyuksemburg – Oʻzbekiston (14:30)
3-mart: Turkmaniston – Oʻzbekiston (14:30)
4-mart: Oʻzbekiston – Bosniya va Gersegovina (11:00)
6-mart: Tailand – Oʻzbekiston (18:00)
Oʻyinlar Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.
