28 Fevral 2025
1580
Sablyachi yigitlarimiz Osiyoda tengsiz!
Kuvaytda oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining yana bir kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Sablyachi yigitlarimiz jamoaviy dasturda oltin medallarni qoʻlga kiritishdi.
Islambek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Musa Aymuratov va Zuhriddin Qodirovdan iborat jamoamiz Malayziya, Singapur, Gonkong va finalda Qozogʻistonni magʻlubiyatga uchratdi.


