28 Fevral 2025
1301
Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya taekvondo WT jamoalari Toshkentda qoʻshma yigʻin oʻtkazishmoqda
Shu kunlarda taekvondo WT boʻyicha dunyoning kuchli jamoalaridan biri – Buyuk Britaniya termasi Toshkentda boʻlib turibdi. Oʻzbekiston terma jamoasi Olimpiya oʻyinlarida oʻz tarixida 10 ta medal qoʻlga kiritgan ushbu jamoa bilan qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda.
Rejaga koʻra, mazkur yigʻin 8-martga qadar davom etadi. Ushbu vaqt mobaynida sportchilarimiz britaniyalik taekvondo ustalari bilan sparringlar oʻtkazishi, mashgʻulotlarda birga ishtirok etishi koʻzda tutilgan.







