27 Fevral 2025 1435

Toshkent “Katta dubulgʻa” turniriga qur’a tashlash marosimi oʻtkazildi

Ertaga poytaxtimizda dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri start oladi. Bugun musobaqadan avval qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati qatnashdi. Rasmiylar davlatimizning qoʻllab-quvvatlashi bilan musobaqaga yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrilgani, mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgani haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.

Shundan soʻng barcha vazn toifalariga qurʼa tashlandi. Uning natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Text to speech