Bugun sakkiz nafar bokschimiz “Stranja”da jang qiladi
Bugun Sofiya shahri (Bolgariya) mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha “Stranja” xalqaro turnirida ikkinchi kun bahslari oʻtkaziladi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining sakkiz nafar a’zosi ringga koʻtariladi.
-63,5 kg: Sayat Ilyasov - Klensi Dean (Irlandiya)
-75 kg: Javohir Ummataliyev - Joshua Olaniyan (Irlandiya)
-80 kg: Nurislom Ismoilov - Alfred Kromvell (Italiya)
-86 kg: Akmaljon Isroilov - Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston)
-92 kg: To‘rabek Habibullayev - Isaak Okox (Angliya)
+92 kg: Jahongir Zokirov - Mahammad Abdullayev (Ozarbayjon)
+92 kg: Arman Maxanov - Godstime Idemudia (Irlandiya)
+92 kg: Abdurahmon Rustamov - Damar Tomas (Angliya)
Afsuski, kecha oʻtgan bellashuvlarda hamyurtimiz Samandar Olimov irlandiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.
