24 Fevral 2025
1377
O‘smir qilichbozlarimiz qitʼa birinchiligida 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritishdi
Kuvaytda qilichbozlik boʻyicha oʻtkazilayotgan Osiyo chempionatining oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslari yakunlandi. Mazkur toifada kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 2 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.
Har ikki medalni sablyachilarimiz jamoaviy dasturda qoʻlga kiritishdi. Xitoylik qilichbozlarga qarshi kechgan finallarda yigitlarimiz 17:45, qizlarimiz esa 44:45 hisoblarida imkoniyatni boy berishdi. Ertaga yoshlar oʻrtasidagi bahslarga navbat beriladi.
