20 Fevral 2025
1269
Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayoni muhokama qilindi
Bugun Sport vazirligida vazir Adham Ikramov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov “China Camc Engineering” kompaniyasining vitse-prezidenti Liu Shenshen bilan uchrashuv oʻtkazishdi. Unda rasmiylar poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasining loyihasini muhokama qilishdi.
Suhbat davomida qurilishi yakunlanayotgan obyektlarni eng zamonaviy inventarlar bilan jihozlash, umumiy ish jarayonini jadallashtirish va ish samaradorligini oshirish boʻyicha fikr almashildi.






