20 Fevral 2025 1433

Futbolchilarimizning chorak finaldagi raqibi aniq

Shu kunlarda Xitoyning Shenchjen shahrida futbol boʻyicha U20 Osiyo kubogi boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi “С” guruhida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, chorak finalga yoʻl oldi.

Biroz avval “D” guruhidagi bahslar ham oʻz yakuniga yetdi. Unga koʻra, hamyurtlarimiz mazkur kvartet gʻolibi Koreya Respublikasi bilan yarim final yoʻlida toʻqnash keladigan boʻldi. Oʻyin 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

Text to speech