16 Fevral 2025
1270
Rapirachi yigitimiz Toshketda oʻtayotgan Jahon kubogida sovrindor boʻldi
Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichi oʻtkazilayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Musobaqaning yigitlar oʻrtasidagi bahslari sportchilarmiz uchun omadli oʻtdi.
Murosasiz bellashuvlar yakunida Ulugʻbek Usmonov bronza medaliga sazovor boʻldi. Shohsupaning qolgan barcha pogʻonalarini italiyalik qilichbozlar egallashdi. Bugun jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.
