15 Fevral 2025 289

Bokschilarimiz Yangiobodda xalqaro musobaqalarga tayyorlanishmoqda

Ayni kunlarda turli yosh toifalaridagi boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Toshkent viloyatining Yangiobod sport bazasida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borishmoqda. Mazkur mashgʻulotlar asosiy tarkib uchun oy yakunida Bolgariyada start oladigan “Stranja” musobaqasiga, qolgan jamoalarga esa boshqa xalqaro turnirlarga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech