15 Fevral 2025 378

Otabek Umarov va Muxtorxon Tashxodjayev stol tennisi markaziga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev boshchiligidagi rasmiylar viloyatdagi sport sohasi rivojini o‘rganishdi.

O‘rganishlar davomida mutasaddilar viloyat stol tennisi markaziga tashrif buyurishdi. Toshkent viloyati stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti Grigoriy Xvan markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash bo‘yicha reja dasturi haqida ham so‘z bordi.

Tashrif davomida rasmiylar sportchilar bilan suhbat o‘tkazishdi va ushbu sport turi istiqbolini alohida eʼtirof etishdi. Shuningdek, sifatli va kompleks tayyоrgarlikka alohida eʼtibor qaratish lozimligi ham qo‘shimcha qilindi. Yakunda stol tennisini yanada rivojlantirish va ommaviyligini oshirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Text to speech