14 Fevral 2025 447

Unutilmas xotiralar uchun rahmat, Xarbin!

Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. 7-14-fevral kunlari oʻtkazilgan musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi 26 yillik tanaffusdan keyin yana oltin medalga sazovor boʻldi.

Figurali uchuvchilarimiz Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish juftlik dasturida qoyilmaqom chiqishlari bilan birinchi bоr ushbu yoʻnalishda shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilishdi. Yanada ahamiyatlisi, delegatsiyamiz mazkur oltin medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Qozogʻistondan soʻng beshinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi barcha yurtdoshlarimizni Xarbinda qayd etilgan tarixiy gʻalaba bilan samimiy qutlaydi hamda sportchilarimizga Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik yoʻlida ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Text to speech