14 Fevral 2025
188
Bugun Bokuda dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri boshlanadi
Bugun Ozarbayjonning Boku shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri start oladi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi. Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:
-60 kg: Murodil Murodillayev – Islom Sultigov (Neytral sportchi)
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov – Ahmad Yusifov (Ozarbayjon)
-66 kg: Zamoxshari Bekmurodov – Elshan Asadov (Ozarbayjon)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Kanat Seylxan (Qozogʻiston)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva – Mio Xux (Koreya Respublikasi)
-48 kg: Laziza Haydarova – Tara Babulfatx (Shvetsiya)
-52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova – Lusiana Katana (Ruminiya)