12 Fevral 2025 331

Delegatsiyamiz rahbariyati Xarbinda Xitoy yetakchisi bilan uchrashdi

Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlari doirasida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov hamda Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va uning rafiqasi bilan uchrashdi.

Samimiy suhbatda tomonlar Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi doʻstona aloqalar tobora mustahkamlanib borilayotganidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi. Shuningdek, Xitoy yetakchisi delegatsiyamiz rahbariyatini Xarbinda koʻrganidan xursand ekanini bildirib, boʻlajak oʻyinlarda oʻzbekistonlik sportchilarga omad tiladi.

Text to speech