11 Fevral 2025
328
Xarbin-2025: Chigiryev va Geynish qisqa dasturdan keyin yetakchilik qilishmoqda
Figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari Dmitriy Chigiryev hamda Yekaterina Geynish qisqa dasturdagi ishtiroklarini yakunlashdi. Murakkab elementlarni ajoyib tarzda ijro etgan sportchilarimiz 64.55 ball jamgʻarishga erishdilar.
Hozirda bizning juftlik ushbu mashq yakuni boʻyicha peshqadamlik qilmoqda. Ertaga erkin dasturdan keyin gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. Olgʻa, Oʻzbekiston!