11 Fevral 2025
1316
Taekvondochilarimiz Fujayradagi turnirni muvaffaqiyatli oʻtkazishdi
BAAning Fujayra shahrida taekvondo WT boʻyicha G2 tasnifidagi musobaqa oʻtkazilmoqda. Ayni paytga kelib, kattalar oʻrtasidagi bellashuvlar oʻz yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.
Oltin medal:
+73 kg: Svetlana Osipova
-80 kg: Jasur Jaysunov
Kumush medal:
-74 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
Bronza medal:
-46 kg: Madina Shoniyozova
-46 kg: Zuhra Tojimatova
-49 kg: Laylo Hasanova
-57 kg: Shabbona Abduvaliyeva
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-74 kg: Yodgorbek Joʻraboyev



