6 Fevral 2025
459
OOKning 93-Ijroqoʻm yigʻilishi muvaffaqiyatli yakunlandi
Xarbin shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 93-Ijroqoʻm yigʻilishi oʻz ishini yakunladi. Ma’lum qilganimizdek, unda Ijroqoʻm a’zosi, OOK vitse-prezidenti, Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Xarbin shahri meriyasi vakili mehmonlarni qarshi olishdan mamnun ekanini bildirib, barcha sportchilarga omad tiladi. Anjuman davomida Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va 2029-yil Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan kelgusi qishki Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.