21 Yanvar 2025 287

Biz 33 yoshdamiz!

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi oʻz faoliyatini boshlaganiga roppa-rosa 33-yil toʻldi. Oʻzbekiston MOQ 1992-yil 21-yanvar kuni tashkil etildi. 1993-yil Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 101-Sessiyasida rasman tan olingach, mamlakatimiz 8 ta yozgi va 8 ta qishki Olimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etdi. Qoʻmitamiz ortda qolgan davr mobaynida diyorimizda olimpizmning pok va ezgu qadriyatlarini, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish yoʻlida faoliyat olib bormoqda.

Hurmatli Vatandoshlar, mamlakatimizdagi olimpiya harakati ishtirokchilari, sportchi va murabbiylar, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Sizlarni bugungi sana munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Text to speech