20 Yanvar 2025 453

Shpagachi qizlarimiz Jahon kubogida sovrindorlar qatoridan joy olishdi

Qilichbozlikning shpaga yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Bahrayda oʻtgan Jahon kubogida ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik. Hamyurtlarimiz mazkur musobaqada bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Ushbu muvaffaqiyatga jamoaviy yoʻnalishda qatnashgan qizlarimiz erishdilar. Yarim finalgacha yetib borgan qilichbozlarimiz final ostonasida turkiyalik raqibalariga imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi oʻrin uchun kurashda esa Qozogʻiston termasi 45:24 hisobida magʻlub etildi. Bellashuvlarda Aziza Hamidova, Sanam Nazarova hamda Dilnaz Murzatayeva yurtimiz sharafini himoya qilishdi.

Text to speech