12 Yanvar 2025 224

Slalomchilarimiz yangi mavsumga BAAda tayyorlanishmoqda

Slalomda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. 8-yanvarda boshlangan mazkur yigʻin 24-fevealga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Tarkibga 8 nafar sportchi jalb qilingan. Mashgʻulotlar mart oyida Tailandda U20 va U23 yosh toifalarida oʻtadigan Osiyo chempionati, shuningdek, keyinchalik kattalar oʻrtasida tashkil etiladigan reyting turnirlariga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Shuningdek, yurtdoshlarimiz Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridan musobaqalar dasturiga kiritilgan ekstrim slalom yoʻnalishida ham tayyorgarlik olib borishyapti. Xalqaro yigʻinda 10 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etishmoqda.

Text to speech