11 Yanvar 2025 217

Errera va Perdibayeva pley-offda oʻzaro toʻqnash kelishadi

Tunisda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Gran-pri turnirining birinchi kuni ortda qoldi. Maʼlum qilganimizdek, unda ayollar oʻrtasida dastlabki saralash bahslari tashkil etildi.

Murosasiz bahslarda Fernanda Errera va Gulistan Perdibayeva 1/32 final bosqichiga oʻta olishdi. Ahamiyatlisi, qurʼa har ikki sportchimizni ushbu bosqichda roʻbaroʻ qildi. Shuningdek, mazkur nuqtadan medallar uchun kurashga kirishadigan Zaynab Dayibekova gonkonglik Sammer Sit bilan ishtirokini boshlaydi. Pley-off bahslari ertaga boʻlib oʻtadi.

Bugun erkaklar oʻrtasida dastlabki kvalifikatsiya bosqichi oʻtkaziladi. Unda Sardor Abdukarimbekov, Musa Aymuratov, Islambek Abdazov, Alpamis Urakbayev hamda Zuhriddin Qodirov jang olib borishadi.

Text to speech