16 Dekabr 2024 1123

Axroljon Roʻziyevni tabriklaymiz!

Bugun Birlashgan kurash dunyosi (UWW) vitse-prezidenti, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisining oʻrinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor, II darajali “Sogʻlom avlod uchun” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni sohibi Axroljon Roʻziyev tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Axroljon Ahmedovichni bugungi ayyom bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech