7 Dekabr 2024
1032
Taekvondochilarimiz “Katta dubulgʻa chellenjer” turniridagi ishtirokini boshlashdi
Bugun Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa chellenjer” musobaqasiga start berildi. Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasi jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishmoqda. Kun davomida dayanga chiqishi belgilangan hamyurtlarimizning ilk raqiblari bilan tanishing:
-68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev – Yui Chiu (Xitoy Taipeyi)
-68 kg: Najmiddin Qosimhojiyev – Visente Yunta (Ispaniya)
+80 kg: Shuhrat Salayev – Zedong Vang (Xitoy)
-67 kg: Feruza Sodiqova – Ulyana Kradinova (Neytral sportchi)
