Asilbek Jalilov Saken Bibossinovni Osiyo chempionatida medalsiz qoldirdi
Chiangmay shahri (Tailand)da davom etayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli oʻtdi. Hamyurtlarimizdan Shodiyorjon Meliqoʻziyev hamda Adhamjon Muhiddinov raqiblarini nokaut bilan magʻlub etishgan boʻlsa, Asilbek Jalilov musobaqa yulduzlaridan biri, Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori, qozogʻistonlik Saken Bibossinovni dogʻda qoldirishga erishdi. Batafsil:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev - Andriy Yefimovich (Ukraina) nokaut
-51 kg: Asilbek Jalilov - Saken Bibossinov (Qozogʻiston) 5:2
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Islam Torabayev (Qirgʻiziston) 5:0
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Alxavsav Musa (Saudiya Arabistoni) nokaut
-86 kg: Jasurbek Yoʻldoshev - Erkin Adilbekulu (Qirgʻiziston) 5:2
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Sagindik Togambay (Qozogʻiston) 0:5
