Taekvondochilarimiz Usi shahriga jo‘nab ketishdi
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun Xitoyga yo‘l oldi. Hamyurtlarimiz 7-10-dekabr kunlari Usi shahrida tashkil etiladigan “Katta dubulg‘a chellenjer” turnirida ishtirok etishadi.
Qayd etish joiz, turnirda o‘z vazn toifasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar kelasi yil bo‘lib o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turnirining asosiy bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, mazkur musobaqa doirasida hamyurtlarimiz aralash jamoaviy dastur bo‘yicha Jahon kubogida medallar uchun kurash olib boradilar. Xitoyga yo‘l olgan tarkib quyidagicha:
-58 kg: Omonjon Otajonov
-68 kg: Diyorbek To‘xliboyev
-68 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
-80 kg: Mavlonbek To‘xtasinboyev
+80 kg: Shuhrat Salayev
-67 kg: Feruza Sodiqova
+67 kg: Gulsanam Alijonova