17 Iyun 2021 1918

Bekmurod Oltiboyevni tabriklaymiz!

Bugun dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakili Bekmurod Oltiboyev o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Bekmurod Oltiboyev 1996-yil 17-iyunda Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. Gran-Pri seriyasidagi +100 kilogramm vazn toifasidagi turnirlar g'olibi. 2018-yilgi Osiyo o'yinlarida Indoneziyada bronza medalini qo'lga kiritdi. Shu yilning jahon chempionatida Oltiboev yarim finalga chiqishga muvaffaq bo'ldi. Hozirgi vaqtda Tokio-2020 (+ 100 kilogramm) Olimpiya reytingiga yo'llanma zonasida.

Milliy Olimpiya qo'mitasi Bekmurod Oltiboyevni tug'ilgan kuni bilan tabriklaydi, unga sihat - salomatlik va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Text to speech