11 Iyun 2024 522

Parij-2024 arenalari: Eyfel minorasining ostidagi sohil voleyboli stadioni

Avvalgi materiallarimizdan birida Parij markazidagi Mars maydoni haqida eslab oʻtgan edik. Bugun ushbu maydonda qad rostlaydigan obyekt haqida soʻz boradi.

Majmuaga tashkiliy qoʻmita “Eiffel Tower Stadium” deb nom bergan. Bu faqatgina sohil voleyboli bahslari oʻtkaziladigan yasama arena hisoblanib, musobaqa yakuniga yetgach turistlar oqimi bilan gavjum boʻladigan maydonga aylanadi. Arena vaqtinchalik boʻlgani uchun uning tarixi haqida uzoq toʻxtalib oʻtirishga hojat yoʻq.

Oʻyinlar mobaynida 27-iyuldan 10-avgust sanasigacha 12 000 muxlis ushbu betakror atmosferada sohil voleyboli bahslarini kuzatib borishi mumkin boʻladi. Olimpiya shaharchasi bilan oradagi masofa 12 kmni tashkil etadi.

Text to speech