9 Iyun 2024 610

Olga Zabelinskaya yana bir karra qit’a chempioni, Kuskovada kumush

Qozog’istonning Almati shahrida veloshosse bo’yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o’tmoqda. Ayollar o’rtasida kechgan individual vaqt poygasida Olga Zabelinskaya oltin, Yanina Kuskova kumush medalga sazovor bo’lishdi.

20 km masofaga o’tgan poygada Zabelinskaya 28:07, Kuskova esa 29:02 natija ko’rsatdi. 29:28 daqiqada marraga kelgan mezbon sportchi Rinata Sultonova kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Text to speech