28 May 2024 1935

Taekvondochilarimiz navbatdagi yig‘inni olib borishmoqda

Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunlagan taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi yigʻinga kirishdi. Terma jamoa bazasida oʻtayotgan mazkur yig’in 31-mayga qadar davom etadi.

Mashgʻulotlarda terma jamoa yetakchilari bilan birga zaxira tarkib va yoshlar ham ishtirok etmoqda. Yigʻin asosiy jamoa uchun yaqinlashib kelayotgan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari, qolaversa, 1-3-iyun kunlari Janubiy Koreyada oʻtadigan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini bajarib beradi. Yoshlarimiz esa oldinda turgan xalqaro musobaqalarga hozirlik koʻrishmoqda.

<iframe width="100%" height="715" src="https://www.youtube.com/embed/eECT9fnWVwQ" title="Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi yigʻinga kirishdi." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech