11 May 2024 1571

Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Bangkokda Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 43-Bosh Assambleyasi oʻz ishini boshladi. Dastavval, OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx barcha delegatlarni qutlab, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Assambleya Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti Tomas Baxning OOK oilasiga yoʻllagan murojaati bilan boshlandi.

Shundan soʻng uzoq yillar qitʼamizda Olimpiya harakati rivojiga hissa qoʻshgan mutasaddilarga OOKning eng nufuli sovrini – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirildi. Ahamiyatlisi, ulardan biri Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovga tantanali ravishda taqdim etildi. Oybek Omilovich mukofotni Raja Randxir Singxdan qabul qilib oldi.

43-Bosh Assambleya oʻz ishini davom ettirmoqda. Tadbir doirasida mezbon davlatlar oldinda turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik boʻyicha taqdimot oʻtkazadi. Shu jumladan, Oʻzbekiston tomoni ham Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlariga koʻrilayotgan hozirlik boʻyicha qitʼadoshlarimizga maʼlumot beradi.

Text to speech