8 May 2024 149

Taekvondochilarimizning yig‘ini qizg‘in davom etmoqda

Toshkentda taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Qozogʻiston va Tunis terma jamoalari ishtirokidagi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini qizgʻin davom etmoqda. Qayd etish joiz, har bir xorij jamoalari tarkibida Parij-2024 Olimpiadasida qatnashadigan sportchilar ham ishtirok etyapti.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yigʻin 16-18-may kunlari Vyetnamda oʻtadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab bermoqda. Shuningdek, hamyurtlarimiz mashgʻulotlar davomida yangi kombinatsiyalar ustida ishlab, oʻz mahoratlarini yanada oshirmoqdalar.

Text to speech