2 May 2024 266

Ajoyib! Badiiy gimnastikachilarimiz guruh mashqida Parij-2024 yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi

Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda start olgan litsenzion Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladi. Guruh mashqida ishtirok etgan hamyurtlarimiz koʻpkurash dasturida 69.95 ball jamgʻarib, oltin medal bilan birga Parij-2024 yoʻllanmasini ham naqd qilishdi.

Yurtdoshlarimiz 5 ta halqadagi chiqishda 36.60, 3 ta tasma va 2 ta toʻpdagi chiqishda esa 33.35 ball jamgʻarishga muvaffaq boʻldilar. Ikkinchi oʻrin Yaponiya jamoasiga nasib etgan boʻlsa, qozogʻistonlik qizlar kuchli uchlikni yakunlab berishdi. Bellashuvlarda ishtirok etgan Mumtoza Isʼhoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedovaga tasanno aytamiz. Barakalla, qizlar!

Text to speech