1 May 2024 137

Chavandozlar ot yo‘rttirish bo‘yicha bellashishdi

Mohir chavandozlarning Toshkentdagi murosasiz bahslari davom etmoqda. Ortda qolgan kun ot yoʻrttirish boʻyicha jamoalar “Maxima Masters” turnirida kichik sovrini uchun kurash olib borishdi.

Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi eng yuqori natija bilan bosh sovrinni qoʻlga kiritdi. Bellashuvlarda 1345,5 ball jamgʻargan jamoamiz tarkibida Alena Derevyanko, Timur Panayev, Feruza Abdullayeva ishtirok etishdi. Ikkinchi oʻrin 1316,5 ball toʻplagan Rossiyaga nasib etgan boʻlsa, qirgʻizistonlik sportchilar 1290,5 ball bilan kuchli uchlikdan oʻrin oldi.

Text to speech