29 Aprel 2024 193

Futbolchilarimizdan bugun tarixiy natija kutamiz

#MatchDay Oʻyin kuni!

Bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi yurtimiz sportida yangi sahifa ochishi mumkin. Qatarda oʻtayotgan U23 Osiyo kubogining yarim finaliga yetib kelgan Timur Kapadze shogirdlari final yoʻllanmasi uchun Indoneziyaga qarshi bahs olib borishadi. Jamoamiz ushbu oʻyinda gʻalaba qozongan taqdirda final yoʻllanmasi bilan birga oʻz tarixida ilk bor yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini ham qoʻlga kiritadi. Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladigan uchrashuvda yigitlarimiz yangi tarix yozishlarini tilab qolamiz.

 Futbol bo’yicha U23 Osiyo kubogi, 1/2 final

 Indoneziya : Oʻzbekiston 
 29-aprel | 19:00
 “Abdullah bin Khalifa Stadium” stadioni

Text to speech