28 Aprel 2024 180

Gimnastikachi qizlarimiz Jahon kubogi bosqichini yettita medal bilan yakunlashdi

Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Taxmina Ikromova bulavadagi mashqda kumush, Natalya Usova esa bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, guruh mashqida 3 ta tasma va 2 ta toʻpdagi chiqishda qizlarimiz Shahzoda Ibragimova, Mumtozabonu Isʼhoqzoda, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova, Iroda Sodiqova kumush medalni jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻyishdi. Barcha yoʻnalishdagi gʻolib va sovrindorlar:

 Oltin medal:
Taxmina Ikromova (xalqa)
Taxmina Ikromova (toʻp)

 Kumush medal:
Taxmina Ikromova (koʻpkurash)
Taxmina Ikromova (bulava)
Taxmina Ikromova (tasma)
Guruh mashqi (3 tasma va 2 toʻp)

 Bronza medal:
Natalya Usova (bulava)

Text to speech