28 Aprel 2024 146

Konkurchilar Gran-pri dasturida bellashishdi

Poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» majmuasida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha «FEI JUMPING WORLD CUP EURASIAN LEAGUE» turniri qizgʻin bahslarga boy boʻlmoqda. Navbatdagi kun chavandozlar Gran-pri dasturida kuch sinashishdi.

150 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash boʻyicha oʻtgan dastlabki chiqishda qirgʻizistonlik Yelena Sokolova («Jacpot TN» laqabli otda) oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, hamyurtimiz Xurshidbek Alimjonov («Champions League») kumush va qirgʻizistonlik Rinat Galimov («KhanTengri») bronza medalini boʻlishib olishdi. Ikkinchi mashqda omad Alimjonov va uning doimiy tulporiga nasib etdi. Galimov bu gal kumush, Belaruslik Sergey Antonovich esa («Quasar») bronza medali bilan taqdirlandi.

Text to speech