27 Aprel 2024 203

Parij-2024 litsenziatlari: Olimpiadada debyut qiladigan Yanina Kuskova

Bugun boʻlajak Olimpiya oʻyinlarida qatnashadigan yana bir velosportchimiz bilan Siz aziz obunachilarni tanishtiramiz. Eʼtiborimiz markazida joriy yil 23 yoshni qarshi oladigan Yanina Kuskova boʻladi.

Kuskova Yanina Vasilyevna 2001-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Leysan Xayziyeva. Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga terma jamoa bosh murabbiyi Gleb Groysman qoʻl ostida tayyorgarlik koʻrmoqda. Kuskova faoliyati davomida shosse hamda trek yoʻnalishlaridagi Osiyo chempionatlarida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallariga egalik qilgan. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida 3 ta kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Veloshosse boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi jahon reytingi orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga shosse dasturida 3 ta yoʻllanmaga ega boʻlgan. Terma jamoa murabbiylar shtabining qaroriga koʻra, Kuskova guruh poygasi dasturida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Text to speech